UzAuto Motors talab yuqoriligi sabab uch turdagi modellarni ishlab chiqarishni oshirdi

UzAuto Motors uch turdagi modellarni ishlab chiqarishni oshirdi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati. Gap Nexia AT, Spark AT va Damas haqida ketmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bunga sabab — talab va ehtiyojning ortgani. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, xaridorlar avtomobillarini 1—10 kun ichida olishlari mumkin.
Avvalroq butun dunyoda avtomobilsozlik sanoati pandemiya sabab og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotgani, biroq O‘zbekistonda — UzAuto Motors 2020 yilda barcha turdagi avtomobillarni ishlab chiqarish hajmini oshirgani ma’lum bo‘lgandi.

Ayniqsa, Cobalt ishlab chiqarish oshgan — 55,7 foizga (konveyerdan jami 59 252 nusxa model chiqqan). Ikkinchi o‘rinda Gentra — 39 960 nusxa bilan, 36,4 foizga o‘sish, Spark esa 29,9 foizga oshib 19 980 nusxani tashkil etgan. Damas ishlab chiqarish 7,6 foizga o‘sgan (39 631), Labo esa 16,5 foizga (6259).

Реклама на Unews

Jahon avtomobilsozlik bozori esa og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazmoqda. 2009 yildan buyon davom etgan to‘qqiz yillik o‘sishdan so‘ng, 2019 yilda avtomobil ishlab chiqarish hajmi 92 millionga tushib ketgan.

Iqtisodiy faollik va iste’molchilar ishonchining kamayishi nafaqat bozor hajmining pasayishiga, balki butun mashinasozlik sohasidagi korxonalarning daromadi kamayishiga olib keladi.

Hozirda avtomobil ishlab chiqaruvchilar 2020 yil uchun o‘z prognozlarini ko‘rib chiqmoqda, biroq noaniqlik hali ham davom etayotgani sabab aniq hisob-kitoblarni amalga oshirish mushkul. Bir narsani shubhasiz aytish mumkinki, barcha yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar 2020 yildagi savdolar va daromadning kamayganini prognoz qilmoqda.

Реклама на Unews

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev UzAuto Motors mashinalarini olish uchun 85 foizlik oldindan to‘lov tartibini tanqid qilgandi (http://daryo.uz/k/2020/11/09/rasul-kusherbayev-uzauto-motors-mashinalarini-olish-uchun-avvaldan-85-foizlik-oldindan-tolov-haqidagi-tartibni-tanqid-qildi/).

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring