UzAuto Motors 2019 yilda qancha daromad qilganini bilasizmi?

UzAuto Motors kompaniyasi 2019-yilda 2,65 trillion so‘m (256,3 million dollar) sof foyda ko‘rgan. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar berdi.

UzAuto Motors’ning moliyaviy hisoboti ishonchliligi PwC auditorlik kompaniyasining 23-sentabrdagi ijobiy xulosasi bilan tasdiqlangan. Kompaniya 2016—2017-yillarda ko‘rgan 4,8 trillion so‘m zararini o‘tgan yillar davomida (2009—2019-yillar) to‘plangan daromadlar hisobidan qoplagan.

2020-yil 1-yanvarda taqsimlanmagan 224 milliard so‘m foyda dividendlarga (50,5 foiz), qolgani esa kompaniyani rivojlantirish va loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, UzAuto Motors’ning bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning vakolati 2021-yil 31-martga qadar uzaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2-oktabrdan boshlab Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAuto Motors kompaniyasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini bekor qilish bo‘yicha kiritgan shikoyati ko‘rib chiqilmoqda.

Oldinroq Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirganini tasdiqlagan, narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. UzAuto Motors esa bunga “avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz” deya javob qaytargan edi.

Реклама на Unews

Kompaniya o‘shanda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bayonotlarini populistik, harakatlarini esa mas’uliyatsizlik deb atagan va ushbu ssenariy eng yirik milliy korxonalardan birini bankrotlikka olib kelishi mumkinligini aytgan edi.

Bu raqamlar internetda e'lon qilingandan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda turlicha qarashlar ifoda etilmoqda. Masalan, telegram tarmog'idagi @Qanchauz kanali quyidagi misolni keltirgan:

Eng qimmat avtomobilni O'zbekistonga olib kirish xarajatlari qancha?

Tanishing, rasmda dunyodagi eng qimmat avtomobil – 19 mln dollarlik Bugatti La Voiture Noire.

Agar, Siz shu Bugattini xarid qilib, O'zbekistonga olib kelmoqchi bo'lsangiz, davlatga qo'shimcha $9 635 791 to'lab qo'yishingizga to'g'ri keladi.

Endi xarajatlari bilan tanishib chiqamiz:

Qonunchiligmizga ko'ra, chetdan kirib kelayotgan avtomobillar uchun uning dvigateli hajmiga qarab boj to'lovi va aksiz solig'i to'lanadi.

Bugattining dvigateli hajmi 7993 sm³ ligini inobatga olsak sizning xarajatlaringiz tarkibi quyidagicha bo'ladi:

— Avtomobil narxi – $19 000 000
— Boj to'lovi – 30% + $3/sm³ = $5 700 000 + $23 979
— Aksiz solig'i – $3,1/sm³ = $24 779
— QQS – 15% = $3 712 314
— Respublika Yo'l fondi yig'imi – boj to'lovining 3 foizi = $171 719
— Avtomobilni ro'yxatdan o'tkazish = $3 000

Demak, biz O'zbeklar uchun dunyodagi eng qimmat avtomobil 19 mln AQSh dollari emas $28 635 791 ekan, deyarli 270 mlrd so'm!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


14 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 18-10-2020 ANTI UZAVTOMOTRS

    Xohlaganicha ko'tarishavermaydimi bizga bojni yo'q qilsa kifoya!!!

    Javob yozish
  2. 17-10-2020 Islom

    Bir so'z diyiwga ojizman qaniydi mani fikrim bilan narxlar tuwib ketsa mowina miniw orzuligicha qoladi

    Javob yozish
  3. 17-10-2020 Бобур

    Буларга колса яна нархрни кутариб икки боробар Куп фойда олсам дейди.Оддий халк орзу килиб колаверади.

    Javob yozish
  4. 17-10-2020 Muhammad Rajab

    Уз автомоторсни фаолятини тухтатиш керак шунда халк арзон нархларга иномаркалар минади

    Javob yozish
  5. 17-10-2020 Sar

    Ye gap yu qa chon minamiz moshin

    Javob yozish
  6. 17-10-2020 Akobir

    Shunchalikam xudbin buladimi bular

    Javob yozish
  7. 17-10-2020 Maga

    Narxlar qachon arzon bo‘ladi oddiy xalq xam moshina minsin endi

    Javob yozish
  8. 17-10-2020 Maga

    Narxlar qachon arzon bo‘ladi oddiy xalq xam moshina minsin endi

    Javob yozish
  9. 17-10-2020 Ok

    Zavoddi pol yuvuvchisini uyixam tilladan bulsa kerak

    Javob yozish
  10. 17-10-2020 Shox

    Bir soz ketishga ojizman

    Javob yozish
  11. 16-10-2020 Odilbek

    Xalqni so'zi inobatga olinlaydi ortiqcha xissiyotga berilishdan mani yoq.. Demokratia faqat qog'ozda

    Javob yozish
  12. 16-10-2020 Mirjalol

    Qani endi wu narxlani tuwursa foydasi yo yeb organgan bular

    Javob yozish
  13. 16-10-2020 Оппол

    Qoile

    Javob yozish
  14. 16-10-2020 Бахтиёр

    Зур ишлабди,лекин куп ишлабди,шуни камрок ишласа хам буларканку,нархни туширсин,фойдаси етиб ортарканку

    Javob yozish
    • 16-10-2020 max

      yarmini aytyapti bular bundan kop daromad korgan sudniham yopiq otkazishib oshkor qilishmadiyu kop narsani

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish