"Uyimiz yo`q, hokim buva, snosga tushgan"... Zoyir Mirzaev Olmaliqda ekanligini eshitgan bolakay uning oldiga etib keldi

Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Olmaliq shahriga tashrif buyurib, nogironligi bo`lgan va ehtiyojmand aholi vakillari xonadonida mehmon bo`ldi.

Hokimlik axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Zoyir Mirzaevga sektor rahbarlari, shahar mutasaddilari hamrohlik qilishgan.

Viloyat rahbari xonadonlarga kirib, oila sohiblarining yashash tarzi, muammolari bilan qiziqqan. Oila bekalari, bu erda tarbiyalanayotgan o`g`il-qizlar bilan muloqot qilib, ularning ta`lim olishi, qiziqishlari haqida so`ragan. Oila sohiblarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlagan.

Реклама на Unews

O`z navbatida, aholi vakillari maishiy turmush va ro`zg`or muammolari, yashash sharoitlari bilan bog`liq muammolarini bayon etishdi, deya qayd etadi hokimlik axborot xizmati.

Shu vaqtning o`zida ushbu tashrifdan xabar topgan Olmaliqlik bolakay Zoyir Mirzaev oldiga yugurib keldi. Bu haqdagi videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ham ulgurdi.

"Ota-onamiz vafot etgan. Biz 3 farzandmiz"-deya muammolari haqida hokimga so`z ochadi erta etim qolgan bola.

Реклама на Unews

Bolaning so`zlariga ko`ra, ular yashab turgan uy "snos"ga tushgan va 1 oy ichida uyning puli berilishi aytilgan. Biroq pul berilmagan va 3 etim hozirda yotoqxonada yashab kelmoqda.

Bolakayning muammosini tinglagan Zoyir Mirzaev: "Buni oxiriga etinglar. Bunaqa bo`lishi mumkin emas",-deya mas`ullarga topshiriq berdi.

"To`g`ri aytganing uchun senga rahmat, barakalla",-deya minnatdorlik bildiradi hokim, uning telefon raqamini yozib olishni xodimlariga buyurib.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring