Uxanda koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda

Xitoyda o‘tgan bir kun ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 17 ta yangi holat va kasallikning hech qanday alomatlariga ega bo‘lmagan 12 kishi qayd etildi. Kasallanish holatlaridan beshtasi Uxanga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Xitoy davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Kasallanganlardan 10 nafari mamlakat ichida virusni yuqtirib olgan, jumladan koronavirus ilk bor dekabrda qayd etilgan Uxanda ular 5 kishini tashkil qilmoqda. 

10 may kuni koronavirus Uxanga yana qaytgani va u bir kishida aniqlangani ma’lum qilingandi. Bu yerda 3 apreldan beri yangi kasallanish holatlari qayd etilmayotgandi. Shu tariqa, shaharda kasallanganlar soni 6 kishiga yetgan va ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.

Реклама на Unews

Yana 7 ta kasallanish holatida virus xorijdan kelganlarda aniqlangan. Barcha 12 ta alomatsiz holat mamlakat ichida qayd etilgan. 

Shuningdek, mamlakatda oxirgi kun ichida koronavirusdan o‘lim holatlari qayd etilmagan.

Tibbiy muassasalarda 141 kishi davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir deya baholangan. 

Реклама на Unews

La Ligaga qachon start berilishi ma’lum bo‘ldi

O'zbekistonda karantin rejimi bekor bo'ldimi? 11 maydan bo'ladigan o'zgarishlari...

Qarta ochildi: koronavirus Xitoyga qanday foyda keltirmoqda?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring