BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ushbu hafta bokschilarimiz uchun qanday yakunlandi va oldinda bizni qanday janglar kutmoqda? Yoxud "Shohjahon Promotion" o`z faoliyatini yakunladi

Dekabr oyining o`tgan haftasi o`zbek boks olami uchun katta bir voqelik bo`ldi. Sababi, Poytaxtimizda kattalar o`rtasida boks bo`yicha O`zbekiston chempionati start oldi. Qolaversa, yana bir qator professional bokschilarimiz o`zlarining navbatdagi reyting janglarini o`tkazishdi. Quyida biz ana shu bokschilarimiz tomonidan qayd etilgan natijalar bilan sizni tanishtiramiz.  

Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov 11 dekabr kuni Dubay shahrida ringga ko`tarildi. Uzoq tanaffusdan so`ng yana profissional ringga ko`tarilgan Bahodirga ushbu jangda kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimeno (4-1-0) raqiblik qildi. 6 raundga mo`ljallangan jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Bokschimiz 46-soniyadayoq raqibiga kuchli zarba berdi va uni ringga qulatdi. Ushbu zarbadan so`ng raqib o`rnidan tura olmadi. 

Eslatib o`tamiz, Bahodir shu kungacha professional boksda 8 marta jang o`tkazib, ularning barchasida raqibini nokautga uchratgan. Ushbu g`alaba esa Bahodir uchun to`qqizinchi nokautli g`alaba bo`ldi. Jangdan so`ng u bildirgan fikrlarida divizonning chempionlari bilan to`qnash kelishga tayyor ekanligini aytdi:

“Alhamdulillah, g`alaba qozondim. Bundan keyingi janglarda ham o`zbekistonliklarni xursand qilishga harakat qilamiz. Biz har doim, kim bilan bo`lsa ham jang qilishga tayyormiz. Men yana bir-ikkita jangdan keyin kim chempion bo`lsa hammasiga qarshi ringga chiqishga tayyorman. Usik, Fyuri, Joshua. Kim bo`lishining farqi yo`q. Menga chempion bilan to`qnash kelish muhim. Maqsadim – og`ir vazndagi 4 ta kamarni O`zbekistonga olib borish”, - dedi Jalolov tezkor nokautdan so`ng.

Aynan shu kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida ham professional boks oqshomi bo`lib o`tdi. Kechaning markaziy jangida bokschimiz Shohjahon Ergashev tailandlik Aekkavi Kaevmaniga (23-13-0, 11 KO) qarshi ringga ko`tariladi. Birinchi raund so`nggida Shohjahon kuchli zarbasi bilan raqibini erga qulatdi va shu tariqa muddatidan oldin g`alabaga erishdi. Bu Shohjahon hisobidagi 21-g`alaba bo`ldi. Shohjahon tailandlik raqibini nokautga uchratganidan so`ng ko`pchilik boks muxlislarining savollariga javob qaytardi: 

“Bundan keyingi janglarda ham bayrog`imizni baland ko`tarishga harakat qilaman. Ko`pchilik menga savol beradi. Hammaga birma-bir aytib chiqishning iloji yo`q. Hozir fursatdan foydalanib barchaga aytaman: hali menda hammasi oldinda. Promouterim bilan sud jarayonlari davom etmoqda. O`sha siz xohlaydigan jahon chempionligi uchun jang qilishni men ham istayman. Bir yarim yil dunyoning kuchli o`ntaligida bo`ldim. Ular menga chempionlik jangi tashkil qilishlari kerak edi. Sizlarning xohishingizga ergashib, men promouterimni sudga berdim. Bu haqida internetdan ma`lumot olishingiz mumkin. Meni hali boksda qiladigan ishlarim ko`p”, - dedi  Ergashev.  

Ma`lumot uchun, Ergashev avvalroq 20-jangi va 20-g`alabasini ham O`zbekistonda tanatana qilgan edi. Ushbu jangdan (21-jangi) so`ng, oradan ikki kun o`tib u yana muxlislarga murojaat bilan chiqdi. Mazkur murojaatda u o`ziga tegishli bo`lgan "Shohjahon Promotion" o`z faoliyatini yakunlagani haqida xabar berdi. 

"Hurmatli boks muxlislari, ayrim holatlar sababli "Shohjahon Promotion" o`z ish faoliyatini to`xtatishini afsus bilan ma`lum qilamiz. Vaqt o`tishi bilan biz siz uchun butun vaziyatni oydinlashtirishga harakat qilamiz. Qo`llab-quvvatlagan barchaga, shuningdek, ushbu kompaniya xodimlariga bizning faoliyatimizga qo`shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda rejalashtirilgan yangi g`oyalar ko`p, ammo hozircha boksdan tanaffus qilyapmiz. Biz tez orada va yangi kuch bilan qaytamiz", - deb fikr qoldirgan Shohjahon.

Shuningdek, 11 dekabr kuni Qozog`istonning Almati shahrida ham professional boks oqshomi o`tkazilda. Shou doirasida hamyurtimiz Xurshid Tojiboev rossiyalik Pavel Malikovga qarshi jang o`tkazdi. 10 raundga mo`ljallangan jang to`rtinchi raundda yakunlandi. O`tkazib yuborilgan zarbalar natijasida ko`zidan jarohat olgan Pavel Malikov jangni davom ettira olmadi va hamyurtimiz muddatidan oldin g`alabaga erishdi. Bu Tojiboev uchun prof ringdagi oltinchi jang edi. U professional boksdagi barcha janglarini g`alaba bilan yakunlagan.

Hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov esa Kanada vakili Kodi Krouliga qarshi ringga ko`tarildi. 10 raundga mo`ljallangan bahs to`liq davom etdi. Jangning ikkinchi raundida bokschimiz raqibini nokdaun qilishga erishganiga qaramasdan, qolgan raundlarda kanadalik bokschi ancha yaxshi harakat qildi va ochkolar evaziga g`alaba qozondi. Shu tariqa, Qudratillo Abduqahhorov faoliyatidagi ilk mag`lubiyatni qabul qildi. Kodi Krouli esa faoliyatini mag`lubiyasiz davom ettirishga erishdi.  

Boks bo`yicha kattalar o`rtasidagi O`zbekiston chempionatida Sanjar Tursunov ham ishtirok etayotgan edi. Professional bokschimiz chorak final jangida ringa ko`tarildi. -92 kg vazn toifasida Jamshidjon Abdullaev va Sanjar Tursunov o`rtasidagi chorak final jangi Tursunov uchun omadsiz yakunlandi. 3:2 hisobidagi natija bilan Jamshidjon Abdullaev Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi ustidan g`alaba qozondi va yarim final yo`llanmasiga ega bo`ldi.  

Yana bir voqelik esa 17 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Renaissance hall” majmuasida bo`lib o`tadi. Oqshomning markaziy jangida professional bokschimiz Isroil Madrimov Mishel Soraga qarshi ringga ko`tariladi. Aytish kerak mazkur jangda o`zaro to`qnash keladigan  har ikki bokschi o`z vazn toifasida WBA reytingida mos ravishda 1 va 2-o`rinni egallab turishibdi. G`olib esa mazkur yo`nalish chempionligi uchun ringga ko`tarilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Shuningdek, ushbu kechada yana Shahram G`iyosov, Hasanboy Do`smatov, Dilshod Ro`zmetov, Bektemir Meliqo`ziev, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov kabi bokschilarimiz ham navbatdagi janglarini o`tkazishadi. Ayrim faktlarga e`tibor qaratadigan bo`lsak, Shahramning raqibi 39 yoshda. Bektemir Toshkentda ilk bor jang qiladi. Hasanboyning raqibi ikkinchi bor Meksikadan tashqarida urishmoqda. Iqboljon Xoldorov Shohjahon Ergashevning sobiq raqibiga qarshi ringga chiqadi. Dilshod Ro`zmetov esa professional boksda debyut qiladi. Ma`lumot uchun, mazkur kecha “Matchroom” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Oqshom natijalari bilan siz “Darakchi” ning keyingi sonida tanishishingiz mumkin bo`ladi.  

Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring