Umumxalq muhokamasi doirasida 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi

Ayni paytda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Quyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari asosida Konstitusiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo`yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda.

Ma`lum qilinishicha, qonun loyihasining umumxalq muhokamasi davomida Konstitusiyaviy komissiya hamda mas`ul qo`mitalar tomonidan Bosh qomusimizni yanada takomillashtirish bo`yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Xususan, vazirlik, idora va tashkilotlarda, respublika bo`yicha barcha tuman va shaharlarda Oliy Majlis deputatlari va senatorlar, siyosiy partiyalar, mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida 20 mingga yaqin muhokama tadbirlari tashkil etildi.

Реклама на Unews

Qonun loyihasi muhokamalarida yoshlar, o`qituvchilar, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, qo`yingki, vatanimiz taqdiriga befarq bo`lmagan barcha yurtdoshlarimiz katta qiziqish bilan ishtirok etib, o`z takliflarini bildirdi. Umumxalq muhokamasi doirasida 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring