Umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq imtiyozlari taqdim etildi

Shavkat Mirziyoev "Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorni  imzoladi, deya xabar bermoqda O`zA.

️Unga ko`ra, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lashdan ozod qilinadi;

Реклама на Unews

 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig`imni hisoblash va to`lash to`xtatiladi.

 Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda:

  • aylanmadan olinadigan soliq;  
  • foyda solig`i;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
  • yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i;
  • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig`imlar bo`yicha 2021 yil 15 avgust holatiga ko`ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo`yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo`lib-bo`lib) to`lash huquqi berildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring