Ulug‘bek Rashidov Jahon chempionatida yutqazib qo‘ydi

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo‘lib o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashdi.

-68 kg vazn toifasida u dastlab Puerto-Riko vakilini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Ammo chorak finalda kutilmaganda ozarbayjonlik Javod Agayevga yutqazib qo‘ydi va jahon chempionatini medalsiz yakunladi.

Ushbu vazn toifasida quyidagilar sovrindor bo‘lishdi:

Реклама на Unews

Do-Yun Kvon (Koreya Respublikasi) — oltin

 Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) — kumush

Javod Agayev (Ozarbayjon)  — bronza

Реклама на Unews

Rizo Kalxor (Eron)— bronza

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida kecha ikki vakilimiz sovrindor bo‘lishgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring