Ukrainadagi o`zbekistonliklar Polsha orqali evakuasiya qilinadi – TIV

O`zbekistonning Kievdagi elchixonasi ma`lum qilishicha, Polshaning tegishli idoralari O`zbekiston fuqarolariga ushbu davlat chegarasini vizasiz kesib o`tishlariga rozilik berdi.

Bunda:

- O`zbekiston fuqarolari o`zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi yoki boshqa zarur hujjatlarni olib kelishlari kerak.

Реклама на Unews

- Lvovga kelgan fuqarolar o`zbek diasporasi vakili Sadiev Ma`ruf (+380 96 102 10 95) bilan bog`lanib, ro`yxatga kiritish uchun o`zi haqida ma`lumot berishlari lozim.

- chegarani kesib o`tish faqat markazlashtirilgan tartibda avtobuslarda O`zbekistonning Ukraina va Polshadagi elchixonalari vakillari hamrohligida amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Polshaga mustaqil borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolarida chegarada muammolar paydo bo`lishi mumkin.

- evakuasiya qilinadiganlar ro`yxatini shakllantirishda ayollar, bolalar, qariyalar va talabalarga ustuvorlik beriladi.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, Elchixona O`zbekiston fuqarolarini xavfsiz evakuasiya qilish uchun barcha sa`y-harakatlarni amalga oshirayotganini ma`lum qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring