Ukrainada hujjatlarini yo`qotgan 30 dan ortiq o`zbekistonlikka Vatanga qaytish sertifikatlari berildi

O`zbekistonning Varshavadagi elchixonasi Ukraina hududida bo`lib turgan yurtdoshlarimizni Polsha orqali Vatanga evakuasiya qilish bo`yicha faoliyatni davom ettirmoqda, deb xabar qilayapti «Dunyo» AA muxbiri.

O`zbek diplomatlari  vatandoshlarimizning Polsha chegarasidagi «Karchova» nazorat punktidan o`tish masalasini muvofiqlashtirmoqda.

O`zbekiston fuqarolari, asosan, bolali ayollarning  tunashi uchun sharoitlar yaratilmoqda, issiq ko`rpalar berilyapti, zarur tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Реклама на Unews

Polsha chegarasidan o`tgan mamlakatimiz fuqarolarini Katovisa shahri aeroportiga etkazish uchun (oraliq masofa 340 kilometr) elchixona tomonidan  5 avtobus ijaraga olingan.

O`zbekiston elchixonasi xodimlari «Karchova» nazorat o`tkazish posti va Katovise aeroportida doimiy bo`lib turibdi. Diplomatlar fuqarolarimizning muammolarini hal etib, ularni aeroportda bir joyga jamlanishini tashkil qilmoqda. Barcha evakuasiya qilinadigan yurtdoshlarimiz uchun aeroportda issiq ovqat tashkil qilindi.

O`zbekistonning Varshavadagi elchixonasida tashkil etilgan tezkor shtab tunu-kun  faoliyat ko`rsatmoqda. Shtabga diplomatlardan tashqari diaspora vakillari ham  jalb etildi.

Реклама на Unews

Fuqarolarimizni Polshadan O`zbekistonga etkazish uchun «Uzbekistan Airways» AJ maxsus samolyoti parvozini tashkil etish masalasi ishlab chiqildi. Birinchi samolyot O`zbekistondan 28 fevral kuni erta tongda parvoz qilgan.

Polshadagi mamlakatimiz elchixonasi konsullik bo`limi tomonidan  turli sabablarga ko`ra, shaxsiy hujjatlarini yo`qotgan 30 dan ortiq  O`zbekiston fuqarosiga Vatanga  qaytishga sertifikatlar berildi.

Elchixonaning Polsha tashqi ishlar vazirligi murojaatiga binoan, ushbu mamlakat hukumati  Vatanga qaytayotgan o`zbekistonliklar uchun PSR-test sertifikati, shuningdek, Polshaga kirish vizasini ro`yxatdan o`tkazish talabini vaqtincha  bekor qildi.

Shu bilan birga Polsha tomoni chegara punktlarida zarur tartib  qoidalarni to`g`ri tushunishni va chet el fuqarolarini imkon qadar tezroq o`z yurtiga  jo`natish ishlarini ta`minlashni so`ramoqda.

Yurtdoshlarimiz o`zlarini qiziqtirgan savollar bo`yicha  O`zbekistonning Polshadagi elchixonasida tashkil etilgan tezkor shtabning quyidagi koordinatorlariga murojaat qilishi mumkin:

Ma`ruf Karimov («Karchova» NO`P) – tel. +48 508 064 333; telegram: +99893 5947557;

Asqar Beknazarov (Katovise shahri aeroporti) – tel. +48 508 995 888; telegram: +99890 1160084;

Sardor Ahmatov (elchixona) – tel. +48 502 501 588; telegram: +99894 6541010. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring