Ukrainada 236 nafar bola bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi

Urush boshlanganidan beri Ukrainada 236 nafar bola bedarak yo‘qolgan deb topilgan, yana kamida 7343 nafar bola deportasiya qilinganlar ro‘yxatida, deya xabar beradi Ukraina Ombudsman idorasi.

Shu bilan birga, Ukraina xizmatlari 5391 bolani topdi va 55 nafari uyiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya tajovuzi boshlanganidan beri 382 nafar bola halok bo‘lgan, 740 dan ortiq bola turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring