Ukraina Rossiyani FIFA va UEFA’dan chiqarib yuborishni talab qilmoqda

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari Andrey Pavelko Rossiya futbol ittifoqini (RFC) Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)dan chiqarib yuborishni talab qildi.

Bunga RF Bosh vazirining sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dmitriy Chernishenkoning Rossiya futbol ittifoqi musobaqalariga yangi hududlardan klublarni kiritish to‘g‘risidagi bayonoti sabab bo‘lgan.

Andrey Pavelkoning bildirishicha, Ukraina futbol assotsiatsiyasi FIFA va UEFA’ga Rossiyaga nisbatan qattiq sanksiyalar qo‘llash talabi bilan murojaat yuboradi. Ukraina tomoniga ko‘ra, Rossiya bu tashkilotlar nizomlarini qo‘pol ravishda buzmoqchi.

Реклама на Unews

Avvalroq Chernishenko Rossiyaning yangi hududlarini futbol bo‘yicha muntazam milliy chempionatlarga qo‘shish jarayoni haqida gapirgandi. Agar bu rщy bersa, turnirlarda Lugansk va Donetsk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlari futbol jamoalari ham ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5 oktyabr kuni Vladimir Putin Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiya tarkibiga qo‘shish to‘g‘risidagi federal konstitutsiyaviy qonunlarni imzolagandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring