"Ukraina osmonining yopilishi yana bir urushga sabab bo`lishi mumkin" — Stoltenberg

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Ukraina uzra uchish taqiqlangan hudud yaratilishi Evropada Shimoliy Atlantika alyansi va Rossiya o`rtasida keng ko`lamli urush boshlanishi xavfini tug`diradi. Zamon.uz' nashri bu haqda yozmoqda.

"Biz Rossiyaning mavjud havo hujumidan mudofaa tizimlari sharoitida uchish taqiqlangan hududni ta`minlay olmaymiz. Bunday harakatlar Rossiya Federasiyasi bilan keng ko`lamli urush boshlanishini anglatadi. Bu NATO Harbiy-havo kuchlari va Rossiya o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri to`qnashuvlarni keltirib chiqraii mumkin. Bu nafaqat Ukrainadagi urushning sezilarli darajada kuchayishiga olib keladi, balki NATO a`zolari ishtirokida Evropada keng ko`lamli urush xavfini yaratadi", — dedi tashkilot bosh kotibi.

Stoltenbergning qayd etishicha, bu qaror alyans uchun og`riqli, ammo NATO bu mojaroga barham berish uchun hamma narsani qilishi kerak.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring