UFC’ning eng kuchli jangchilari reytingi yangilandi. Makgregor “uchirildi”

UFC 264 turniridan so‘ng, Dastin Pore vaznidan qat’i nazar eng yaxshi MMA sportchilarining yangilangan reytingida 5-pog‘onada qayd etildi, biroq bu hali hammasi emas: dekabr oyida Charlz Oliveyraga qarshi chempionlik jangidan so‘ng, u yanada yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. 

Makgregor bilan o‘tkazilgan bahs Pore uchun so‘nggi sakkizta jangda qozonilgan yettinchi g‘alaba sifatida qayd etildi. Shuningdek, beshinchi marta raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etganligini e’tirof etish kerak.

UFC prezidenti Dena Uayt “T-Mobile” arenadagi jangdan keyingi matbuot anjumanida Pore yengil vazn chempioni Charlz Oliveyraning birinchi raqibi bo‘lishini aytdi. Biroq jang sanasi hali e’lon qilinmagan.

Реклама на Unews

Yarim yengil vazn chempioni Aleks Volkanovski va og‘ir vazn toifasi chempioni Yan Blaxovich reytingda undan so‘ng joylashgan. Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Jon Jons o‘zining birinchi pog‘onasini boy bergan edi. Biroq 3-o‘rinda borayotgan Israel Adesanya va Frensis Ngannu, hatto, Dastin Pore ham yana bitta chempionlik jangidan so‘ng, Jonsni ortda qoldirishi ehtimoli yo‘q emas.

Ayollar o‘rtasidagi reyting deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Faqatgina UFC yarim yengil vazn toifasi chempioni Rouz Namayunas va Bellator yengil vazn chempioni Kris Sayborg bilan bir pog‘ona yuqorilagan. Ushbu siljish hay’at tarkibida o‘zgarish bo‘lganligi sababli yuz berdi.

2021 yilning 13 iyul holatiga ko‘ra

Реклама на Unews

1. Kamaru Usman (AQSH/Nigeriya)

UFC yarim o‘rta vazn chempioni
Natijasi: 19 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

2. Jon Jons (AQSH)

UFC og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni. Superog‘ir vazn toifasi
Natijasi: 26 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

3. Israel Adesanya (Yangi Zelandiya/Nigeriya)

UFC o‘rta vazn toifasi chempioni
Natijasi: 21 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

4. Frensis Ngannu (Kamerun)

UFC superog‘ir vazn toifasi chempioni
Natijasi: 16 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat

5. Dastin Pore (AQSH)

UFC yengil vazn toifasi da’vogari
Natijasi: 28 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat

6. Aleksandr Volkanovski (Avstraliya)

UFC yarim yengil vazn toifasi chempioni
Natijasi: 22 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

7. Yan Blaxovich (Polsha)

UFC og‘ir vazn toifasi chempioni
Natijasi: 28 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat

8. Stipe Miochich (AQSH)

UFC super og‘ir vazn toifasi
Natijasi: 20 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat

9. Charlz Oliveyra (Braziliya)

UFC yengil vazn toifasi chempioni
Natijasi: 31 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat

10. Maks Xollouey 

UFC yarim yengil vazn toifasi
Natijasi: 22 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat

Yuqoridagi reyting ESPN (UFC tashkilotining rasmiy hamkori) versiyasi bo‘yicha taqdim etilgan. Natijalar boshqa promoushenlarning reytingidan farq qilishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring