Uchtepa tumanidagi oshxonalarning birida yong‘in chiqdi

2 iyul kuni soat 09:16 lar atrofida Uchtepa tumani «Ko‘kcha darvoza» MFY hududida joylashgan oshxonada yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdideb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. 

Ta’kidlanishicha, tumandagi «Olmos jo‘ja» MCHJga qarashli oshxonada yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in oqibatida oshxona ichki va tom qismining 30 kvadrat metr maydoniga zarar yetgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 9:36 lar atrofida to‘liq bartaraf etilgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring