Uch oylik o‘g‘lini uch xonali kvartiraga almashtirayotgan navoiylik ayol qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida o‘z bolasini uch xonali kvartiraga almashtirishga uringan ayol va uning otasi qo‘lga olindi. Bu haqida "Sof.uz"  nashri xabar bermoqda.

Rasmiy xabarga ko‘ra, ayol va uning otasi 23 may kuni huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir paytida qo‘lga olingan.

“Ayni paytda Navoiy viloyatida ijarada turadigan 1987 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Z.O ismli ayol o‘z bolasini sotayotgan paytda qo‘lga olindi.

Реклама на Unews

2020 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini taxminiy bahosi 250 million so‘m turadigan uch xonali kvartiraga almashtirayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, Z.O bu ishni 1951 yilda tug‘ilgan otasi hamkorligida amalga oshirishga uringan” deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring