Uch hududda bemorlar aniqlandi, 279 kishi og‘ir ahvolda

2020-yil 28-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 613 (+166) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 63 yoshli M.K. (erkak) hamda 59 yoshli M.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Ayni paytda yurtimizda 37 200 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 113 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 279 nafari og‘ir, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring