«Tushunarsiz kasallik» sababli koronavirus vaksinasi sinovlari to‘xtatildi

Johnson & Johnson kompaniyasi «tushunarsiz kasallik» sababli COVID-19 vaksinasi sinovlarini to‘xtatdi. Endilikda bemorning ahvoli mustaqil tibbiyot mutaxassislari qo‘mitasi tomonidan o‘rganilmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Johnson & Johnson kompaniyasi vaksinaning yangi dozalarini sinovlarning barcha bosqichlarida, shu jumladan, uchinchi bosqichda qo‘llashni to‘xtatdi, deya kompaniya bayonotini keltirdi TASS.

Bunga ko‘ngillilardan birining «tushunarsiz kasalligi» sabab bo‘lgan. Kompaniya bemorda qanday alomatlar borligiga aniqlik kiritmagan.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, emlash natijasida kasal bo‘lib qolgani taxmin qilinayotgan ko‘ngillining ahvolini DSMB mustaqil qo‘mitasi mutaxassislari o‘rgana boshlagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring