Turkmanistondan chaqmoq-momaqaldiroqli bulutlar oqimi kirib kelmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda ana shunday qora bulutlar aks etgan video tarqaldi.

Qayd etilishicha, holat Qashqadaryo viloyatining g`arbiy qismidan tasvirga olingan.

Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar kanali. muallif Erkin Abdulahatov bu haqda ma`lumot bermoqda.

Реклама на Unews

Unga ko`ra, yaqin vaqt oralig`ida viloyatning ko`plab tumanlarida kuchli yog`inlar yog`ib o`tishi mumkin.

Xususan, Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida allaqachon jala yog`ayotgani aytilmoqda. Boshqa xabarlarda ta`kidlanishicha, kuchli chaqmoq-momaqaldiroqli bulutlar, bulut osti shamollari tufayli, ayrim shahar va tumanlarda elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring