Turkmanistonda haqiqatdan ham koronavirus yo‘qmi? (video)

Hozirda global pandemiya davom etar ekan Turkmaniston birorta ham koronavirus holati haqida xabar bermagan juda oz mamlakatlardan biri bo‘lib turibdi. Eron, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Afg‘oniston kabi koronavirus keng tarqalgan mamlakatlar bilan qo‘shni bo‘lishiga qaramay Turkmaniston hozirgacha o‘z hududida COVID-19 emas, balki pnevmaniya borligini tan oldi xolis,  deb yozmoqda "tarjumon.uz " nashri.

Ba'zi tanqidchilar turkman hukumatining mamlakatda virus yo’qligi borasidagi da'volariga shubha bilan qarashmoqda. Ularning ta'kidlashicha, hukumatning virusni yashirishi turkman xalqining sog‘ligini xavf ostiga qo‘ymoqda. Turkmanistondan tashqaridagi inson huquqlarini himoya qiluvchilar tibbiyot xodimlarining virus haqida og‘iz ochishlariga yo’l qo‘yilmayotganini ta'kidlashmoqda.

Lekin, shaffoflik yo’qligi bois tanqidlarga uchrab kelayotgan Turkmanistonda koronavirusdan saqlanish uchun ehtiyot choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, hukumat vaqtincha poyezdlar harakatini to‘xtatdi, savdo markazlari va restoranlarni yopdi, telefon orqali COVID-19 haqida ma'lumot beruvchi markazni tashkil qildi. SHuningdek, hukumat odamlarning yuz niqoblaridan foydalanishlarini so‘ramoqda.

Iyul oyining o‘rtalarida JSSTning maslahat beruvchi maxsus jamoasiga Turkmanistonda tekshiruvlar o‘tkazishga ruxsat berilgandi. Turkmanistonga kelgan JSST ekspertlari hukumatning virus yo’qligi haqidagi ma'lumotlarni tekshirmadilar. Ular buning o‘rniga “mamlakatda COVID-19 bordek harakat qilib”, ommaviy salomatlikni saqlash choralarini joriy qilish bo‘yicha maslahatlar berishgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring