Turkiyaga ham koronavirusning britancha varianti kirib keldi

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatga kirib kelgan 15 nafar fuqaroda koronavirusning Britaniyada aniqlangan  yangi turi qayd etildi. Koronavirusning ushbu yangi shtammi oldingisidan 40-70 foizgacha yuqumliroqdir, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fexrittin Ko‘chaning juma kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Britaniyadan qaytgan sayohatchilarda koronavirusning yangi shtammi aniqlangan va ular karantinga olingan. Shuningdek, ushbu kasallar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlar ham izolyasiyaga olingan. Ko‘cha bundan boshqa yo‘lovchilarda yangi shtamm aniqlanmaganini aytgan.

Dekabr oyining oxirlarida Britaniyada koronavirusning yangi turi keng miqyosda tarqala boshlagach Turkiya ham bu mamlakat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘ydi. Shuningdek, o‘tgan haftadan boshlab Turkiyaga kirmoqchi bo‘lganlardan koronavirusning manfiy natijasi qayd etilgan test natijasi talab qilina boshlandi.

Реклама на Unews

Turkiya koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turibdi. Bu mamlakatda COVID-19 ni yuqtirib olganlarning umumiy soni 2 220 855 nafarni, qurbonlar soni esa 21 093 nafarni tashkil qilmoqda. Ammo, tanqidchilar turk hukumatini virus tarqalishi bo‘yicha statistikani ataylab kam ko‘rsatayotganlikda ayblashmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring