Turkiyada zilzila: Vafot etgan va jarohatlanganlar bor

Turkiya hukumatining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga tugatish boshqarmasi (AFAD) ma’lum qilishicha, Bingol viloyatida 5,7 magnitudali zilzila bo‘lgan,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishlari kecha 14 iyun kuni, mahalliy vaqt bilan soat 17:24da qayd etilgan.

Zilzila episentri Karliova mintaqasi hududida bo‘lgan.

Реклама на Unews

Zilzilaning kuchi Bingolga tutash bo‘lgan Erzurum, Trabzon, Erzinjan, Kars, Batman, Diyarbakr, Siirt, Mardin, Elazig va Malatya viloyatlarida sezilgan.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, zilzila natijasida bir kishi o‘lgan va 18 kishi jarohatlangan.

Bingöl viloyati gubernatori Qodir Ekinjining so‘zlariga ko‘ra, zilzila paytida Qaynarpinar qishlog‘ida polisiya bo‘limining ikkita kuzatuv minoralari shikastlangan, natijada uch nafar xavfsizlik xizmati xodimi tan jarohati olgan.

Реклама на Unews

Ekinji, bino vayronasidan yetti kishi qutqarilganligini qo‘shimcha qildi. Keyinchalik ma’muriyat ulardan bittasi vafot etganining xabarini berdi.

Ekinji, Yedisu okrugining Elmali va Dinarbey shaharchalarida o‘nga yaqin uyga zarar yetganini xabar qildi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, mintaqaga 26 ta transport vositasi, shuningdek, 109 ta tibbiy va qutqaruv ishchilaridan iborat guruh yuborilgan.

Bo‘limning xabariga ko‘ra, agar qo‘shimcha yordam kerak bo‘lsa, ikkita harbiy samolyot tayyor holatga keltirilgan.

Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, mintaqaga 550 chodir olib kelinganini xabar qildi. Bundan tashqari, qo‘shni viloyatlardan Turk Qizil Yarim Oy xodimlari favqulodda vaziyatlar hududiga etib kelishdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring