Turkiyada komendantlik soati kuchga kirdi

Turkiyada 4 yanvargacha komendantlik soati joriy etildi. Ushbu cheklov to‘g‘risida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 14 dekabrda ma’lum qilgandi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida "31 dekabr soat 21:00dan 4 yanvar soat 5:00gacha komendantlik soati amal qiladi".

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi vakilining aytishicha, komendantlik soati xorijlik turistlarga taalluqli emas.

Ammo 30 dekabr kuni Turkiya ichki ishlar vazirligi xorijlik turistlarga ham taalluqli cheklovlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 31 dekabr soat 21:00dan 1 yanvar soat 10:00gacha Turkiyadagi barcha shaharlarning markaziy ko‘cha va maydonlariga chiqish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, 31 dekabrdan 4 yanvargacha mehmonxonalarda har qanday ommaviy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish mumkin emas.

Turkiyada koronavirus ilk marta 10 martda aniqlangandi. Hozirga kelib mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 2,2, millionga yaqinlashgan, 20,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring