Tungi reyd davomida poytaxtning to`rtta tumanidagi ayrim haydovchi va yo`lovchilar yonidan giyohvandlik va psixotrop vositalar topildi

Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Poytaxt ko`chalarida bo`lib o`tgan tungi reydlar davomida:

- 2021 yil 21 sentyabr kuni soat 21:20 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan  YPX xodimlari I.Djumaboev va Sh.Xolnazarovlar tomonidan Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahri hududiga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, salonda bo`lgan yo`lovchi turli xati-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida yo`lovchi, 1981 yilda tug`ilgan S.M.ning cho`ntagidan 3 dona sellofan parchalariga o`ralgan, jigar rangli, o`tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro S.M. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021 yil 21 sentyabr kuni soat 22:30 larda, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi F.Saidahmedov tomonidan Toshkent viloyati hududidan, Toshkent shahri hududiga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil to`xtatilib xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, ushbu transport vositasi saloni, old chap eshigining cho`ntagidan, qog`oz parchasiga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan B.Sh. va topilgan modda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Реклама на Unews

- 2021 yil 22 sentyabr kuni soat 01:30 larda, Yashnobod tumani, Mirzo Ulug`bek ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.O`tbosarov va N.Dusakulovlar tomonidan “Lacetti” rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, salonda bo`lgan yo`lovchi ko`rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida yo`lovchi, 1988 yilda tug`ilgan E.M.ning yonidan tamaki zar qog`oziga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro E.M. va topilgan modda Yashnobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021 yil 22 sentyabr kuni soat 02:30 larda Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Sh.Eshboltaev va B.Ro`ziqulovlar tomonidan “Lacetti” rusumli avtomobil to`xtatilganda, tekshiruv davomida haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan L.B. ko`rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida haydovchi L.B.ning yonidan 2 dona “Tropikamid” va 1 dona “Zardeks” nomli psixotrop dori vositalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro L.B. va topilgan dori vositalari Yakkasaroy tumani IIO FMB 2-sonli IIBga topshirilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring