Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi koronavirusga chalindi

Oq uy AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen koronavirusga chalinganini tasdiqladi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Robert O'Brayenning Covid-19 ga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Unda yengil alomatlar bor”, - dedi Oq uy matbuot xizmati.

Ma’muriyat xodimlari, shuningdek, hozirgi vaziyatni AQSh prezidenti Donald Tramp yoki vise-prezident Mayk Pens uchun xavf sifatida ko‘rmasliklarini, so‘nggi haftalarda ular O'Brayen bilan aloqada bo‘lmaganliklarini aytishdi.

Реклама на Unews

Avvalroq, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisida infektsiyasi aniqlangani haqida Bloomberg xabar bergan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring