Trampning kuyovi unga saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishni taklif qildi
3625 09-11-2020 0 DunyoAQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner qaynotasiga prezident saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tan olishni taklif qilgan. Bu haqda qator manbalarga tayanib CNN telekanali xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
Telekanal amaldagi prezident kuyovining bu taklifiga qanday munosabat bildirganini ma’lum qilmagan.
Avvalroq Tramp saylovlarda yutqazganini tan olmasligini va sud orqali ovozlar qayta hisoblanishiga erishmoqchiligini ta’kidlab o‘tgan.
AQSh prezidenti saylovlari rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi. Biroq 7 noyabrda AQShning yetakchi ommaviy axborot vositalari Demokratik partiya nomzodi Jo Baydenni saylovlar g‘olibi deb e’lon qilgan.
Реклама на Unews
Keyinroq Baydenning o‘zi ham amerikaliklarga murojaat qilib, o‘z foydasiga 74 mln ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozonganini aytgan.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.