Tramp shtabi ovozlarni hisoblashdagi tovlamachiliklar uchun Nevada shtatiga qarshi da’vo arizasi kiritilganini e’lon qildi

Donald Trampning saylovoldi shtabi a’zosi, AQSH milliy razvedkasi rahbari vazifasini bajargan Richard Grenell ovozlarni sanashdagi tovlamachiliklar sababli Nevada shtatiga qarshi da’vo arizasi kiritilganini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

"Bu mamlakatda noqonuniy ovoz hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi va Nevadada xuddi shu narsa yuz bermoqda", - degan Grenell.

4 noyabrda CNN telekanali manbalarga tayanib, Tramp saylov shtabi Arizona va Nevada shtatlarida saylov byulletenlari qayta ishlanishi yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Bundan avvalroq shtab Jorjiya, Pensilvaniya va Michigan shtatlarida byulletenlar qayta ishlanishi to‘xtatilishi talabi bilan sudga da’vo arizalari topshirgan. Bundan tashqari, Tramp vakillari Viskonsinda ham ovozlar qayta hisoblanishini talab qilishlarini aytishgan.

AQSHda prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi, biroq joriy yilda juda ko‘p amerikaliklar pochta orqali ovoz bergani sababli ko‘plab shtatlarda ovozlarni hisoblash jarayoni cho‘zilib ketdi va hanuzgacha davom etmoqda. Tramp esa saylov uchastkalari yopilgandan keyin pochta orqali kelgan byulletenlarni hisoblamaslikni talab qilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring