Tramp ilk marotaba Belorusiyadagi vaziyatga munosabat bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp birinchi marotaba Belorusiyadagi vaziyatni "dahshatli" deya izohlab, sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Shu o‘rinda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Belorusiyada o‘tgan voqealarni sharhlagan holda prezidentlik saylovlari adolatli bo‘lmaganini ta’kidladi.

Evropa Ittifoqining tashqi va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yuqori vakili Jozep Borrell respublika rahbari saylanishi munosabati bilan Belorusiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha ishlarning davom etayotganini tasdiqladi.

Реклама на Unews

Shuningdek, Yevropa Parlamenti deputatlari Aleksandr Lukashenkoni Belorusiyaning yangi saylangan prezidenti sifatida tan olishmasligini va uni Yevropa Ittifoqida persona non grata deb hisoblashlarini e’lon qilishdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring