Tramp ayblarini tan oldi

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp 6 yanvar kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan voqealarda o‘zining ham "hissasi" bo‘lganini tan olgan. Bu haqda "Fox News" o‘z manbalariga asoslanib xabar bergan,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Telekanal xabariga ko‘ra, siyosatchi bu haqda Vakillar palatasidagi respublikachilar rahbari Kevin Makkarti bilan suhbat chog‘ida aytgan. 

Manbaning aniqlik kiritishicha, Makkarti Vakillar palatasidagi partiyadoshi bilan telefon orqali muloqotida Prezidentning "iqrori" haqida aytib bergan.

Реклама на Unews

Shuningdek, Makkartining o‘zi ham "notinchlik uchun Tramp aybdor ekaniga iqror bo‘lgan".

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi AQSH Kongressi quyi palatasining tegishli qo‘mitasiga Trampning impichmentiga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan. 

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring