Toʻylar muborak: 1 oktyabrdan Oʻzbekistonda toʻyxonalar faoliyatiga ruxsat berilgani aytildi l

Oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 30 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi belgilangan, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  1 oktyabrdan Oʻzbekistonda toʻyxonalar faoliyatiga ruxsat berilgani oydinlashdi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 sentyabrdagi yigʻilish bayoniga asosan karantin choralarini yumshatish munosabati bilan 2020 yil 1 oktyabrdan toʻyxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan.

Реклама на Unews

Bunda, toʻyxonalar oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga toʻy marosimlarini 30 kishilik tartibda oʻtkazilishini doimiy saqlab qolish haqida petitsiya joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 29-10-2020 cayot

    Mana mashi qonunni hayotimizaga singdirishimiza kere, shu qonunni o'ylab topgan insonni otasiga ming rahmat, baraka topila👍👍👍

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish