«To‘yga pul ishlab olmoqchi edi» — Ukrainaga borgan askarning to‘yi emas, azasi bo‘ldi

Sverdlovsk viloyatida Ukrainada halok bo‘lgan 25 yoshli askarning dafn marosimi bo‘ldi.

Ukrainadagi urush vaqtida halok bo‘lgan askar Talitsada dafn qilingan. Vladimir Denisov shartnoma bo‘yicha xizmat qilgan.

«Bu uning birinchi xizmati emas edi. U safarbarlikka chaqirilgan, keyin darhol yana shartnoma asosida xizmatga ketgan», — dedi shahar ma’muriyati vakili.

Реклама на Unews

Marhumning tanishlari so‘zlariga ko‘ra, uni uyda ota-onasi, singlisi va bo‘lajak rafiqasi kutgan. Vladimir maxsus operatsiyadan qaytgach, unga uylanishni rejalashtirgandi.

«Otasi uni bu fikrdan qaytarishga urinli, lekin u shartnomali xizmatga oxirgi marta borishini va qaytib kelishini aytdi. U to‘y uchun pul topmoqchi edi», dedi Vladimirning do‘sti.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring