Tovar-xom ashyo birjasida Ai-80 benzin narxi oshdi

O`tgan hafta davomida, ya`ni 23 – 29 noyabr kunlari "O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 190,0 mlrd so`mlik tovarlar sotilgan bo`lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,6% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 87,4% - birja savdolari, 2,6% - ko`rgazma-yarmarka savdolari, 9,5% - elektron davlat xaridlari va 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to`g`ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 432,5 mlrd so`mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o`tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 22,7 mlrd so`mlik mablag`lari tejaldi.

Ko`rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 496 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,7 mlrd so`mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 3,9% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 11,2% ikkinchi, 16,1% uchinchi, 14,9% to`rtinchi, 20,5% beshinchi va 33,4% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Реклама на Unews

Birja savdolari

Ko`rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 039,6 mlrd so`mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo`yishdi, shu jumladan:

Paxta yog`i

Реклама на Unews

O`tgan haftada birja savdolariga 6 728,0 tonna paxta yog`i qo`yildi va ulardan 2 743,0 tonnasi, ya`ni 40,8% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 98 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog`ining kunlik o`rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 12 967,3 ming so`mdan 11 286,9 ming so`mgacha, ya`ni 13,0% ga pasaydi. Hafta yakunlariga ko`ra 1-navli paxta yog`ining haftalik kotirovkasi mahsulotni bir tonnasi uchun 13 150,0 ming so`mni tashkil etdi.

Shakar

Birjaning shakar bozorida kichik o`zgaruvchanlik kuzatildi. Hafta davomida birja savdolariga 8 639,0 tonna shakar qo`yildi va ulardan 7 328,0 tonnasi, ya`ni 84,8% sotildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 085,5 ming so`mdan 6 040,9 ming so`mgacha, ya`ni 0,7% ga sezilarsiz darajada pasaygan. O`tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi bo`yicha shakllangan o`rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 6 092,6 ming so`mni, import qilingan 3-kategoriyali shakarning haftalik kotirovkasi esa 6 413,7 ming so`mni tashkil etdi.

Sement

Qurilish mavsumi yakunlanganligiga qaramasdan sement bozori narxlarni biroz o`sishni namoyon etishni davom ettirmoqda. Hafta davomida birja savdolariga 152 456,0 tonna sement qo`yildi va ulardan 141 923,0 tonnasi, ya`ni 93,1% sotildi.

Shu bilan birga, birja savdolariga qo`yilayotgan sement hajmini pasayganligi sababli, uning o`rtacha kunlik sotuv hajmlari ham avvalgi haftaga nisbatan deyarli 1,5 marotaba pasayib, 28,4 ming tonnani tashkil qildi.

Natijada, ko`rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 512,0 ming so`mdan 539,1 ming so`mgacha, ya`ni 5,3% ga ko`tarilgan.

Benzin

O`tgan haftada birja savdolariga 24 338,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi va ulardan 20 273,3 tonnasi, ya`ni 83,3% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 52 xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o`rtacha boshlang`ich narxlari bir tonnasi uchun 5 294,0 ming so`mdan 5 490,3 ming so`mgacha yoki 3,7 % ga o`sdi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning o`rtacha kunlik narxi ham bir tonna uchun 5 325,1 ming so`mdan 5 557,1 ming so`mgacha yoki 4,4% ga ko`tarildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 5 476,8 ming so`mni, AI-91 – 6 203,9 ming so`mni tashkil etdi.

Eslatib o`tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o`rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 02-12-2020 cayot

    Baraka topila !!!o'zi hamma yoqda neft narhi tushib yotibti bizada aksincha🤨🤨🤨

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish