Toshkentning qaysi ko`chalaridagi yo`l bo`yida pullik “parkovka”lar tashkil etiladi?

Prezidentning “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2022 yilda 10 ta markaziy ko`chalarda davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo`l bo`yi pullik to`xtash joylari tashkil etiladi. Xususan, Fidokor, Amir Temur, Nukus, Bratislava, Mirobod, Glinka, Avliyoota, Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib va Yakub Kolas ko`chalarida.

Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo`l bo`yi pullik to`xtash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to`g`risida qaror qabul qiladi.

Реклама на Unews

Shuningdek, Toshkent shahrining magistral ko`chalari, jumladan, Keles yo`li, Ahmad Donish, Bog`ishamol, Buyuk ipak yo`li, Maxtumquli, Farg`ona yo`li, Lutfiy, Beshqayrag`och, Ko`kcha darvoza va Beruniy ko`chalaridagi 11 ta avtobus yo`nalishida alohida bo`laklar tashkil etiladi. Bu ishlar 2026 yilga qadar amalga oshiriladi. Joriy yil oxirgi choragida faqat Ahmad Donish ko`chasida alohida yo`lak ishga tushiriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring