Toshkentning ikki tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanlarida 25 mart kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-6 dahasi, Avayxon ko‘chasida o‘rnatilgan STG rusumli 3 dona gaz hisoblagichlarini harakatdagi yuqori bosimli gaz quvuriga ulash ishlari hamda Yunusoboddagi “Hamkorobod” MFY Holis va Xasanboy ko‘chasi hududidagi yer usti o‘rta bosimli D-108 millimetrli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

larida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Реклама на Unews

Mirzo Ulug‘bek tumani aholi iste’molchilari:

  • Qorasuv-6 dahasida joylashgan 17 ta ko‘p qavatli uydagi 1 484 ta aholi xonadonlarida;
  • Ulgurji iste’molchilar — 16 ta.

Yunusobod tumani aholi iste’molchilari:

  • “Hamkarobod” MFY Xolis ko‘chasi, Hamkarobod, Hamkarobod tor ko‘chasi, Hamkarobod 1-7 tor ko‘chalaridagi 400 ta yer uchastkalari;
  • Ulgurji iste’molchilar — 12 ta.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring