Toshkentning ikki tumani issiqlik ta`minotidan vaqtincha uzildi

"Toshissiqquvvati"  DUK xabar berishicha,  IM-10 qozonxonasiga ulangan M-0 Du-800 magistral issiqlik tarmoqlarida avariya holati vujudga kelganligi sababli  2021 yil 6 dekabr kuni soat 10:00dan  17:00 gacha quyidagi manzillarda issiqlik ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Olmazor tumani:
Farobiy, Mirzo G`olib, Qamarniso, Shifokorlar, G.Karimov, Xodjaeva ko`chalari hamda
TashGosMI, Shifokorlar shaharchasi, TashGU, TashPI, G-30, Olimpiya, Chimboy, Beshqo`rgon-1,2,3,4, Muxbir, Qora qamish 2/4 mavzelarida

Shayxontoxur tumani:
Farobiy ko`chasi hamda
Jarariq, Beltepa, Ibn Sino-1,2 mavzelarida.

Реклама на Unews

Hozirda avariya tiklash ishlariga 20 kishidan iborat avariya tiklash guruhi jalb etilgan. Avariya bartaraf etish ishlari zudlik bilan amalga oshirilib, issiqlik ta`minoti qayta tiklanadi.

"Yuzaga kelgann noqulayliklar uchun uzr so`raymiz",- deyiladi rasmiy xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring