Toshkentning ba`zi joylarida suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

Ertaga, 30 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek va Yashnobod tumanlaridagi ba`zi ko`chalarda suv ta`minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Hokimlikning ta`kidlashicha, 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ tomonidan suv tarmoqlarida rejali profilaktika va ta`mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgani sabab suv ta`minotida uzilish kuzatiladi.

“30 sentyabr soat 9:00dan 1 oktyabr 9:00 gacha poytaxtimizning Mirzo Ulug`bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi”, deyilgan xabarda.

Реклама на Unews

Mirzo Ulug`bek tumani bo`yicha: 

•    Yahyo G`ulomov ko`chasida;
•    O`zbekiston ovozi ko`chasida;
•    O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida.

Yashnobod tumani buyicha: 

Реклама на Unews

•    Anjumanlar saroyida.

Suv bo`lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring