Toshkentlik vahshiy qotil: “Ota-onam bilan ko‘rishib, rozilik olsam bo‘ldi” (VIDEO)

Avvalroq saytimizda 30 yoshli yigit avvaldan tanishi bo‘lgan 31 yoshli R.R.ni vahshiylarcha o‘ldirgani haqida xabar bergan edik.

Xabarda holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani hamda gumondorlarning barchasi ushlangani ma’lum qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha poytaxt IIBB tomonidan o‘sha jinoyat ishi bo‘yicha videolavha tayyorlanib, unda jinoyat tafsilotlari yoritib berilgan. Lavha so‘nggida yigitning murdasini bo‘laklarga bo‘lib, keyin uni ko‘mib yuborgan gumonlanuvchi voqea qanday sodir bo‘lganini va ota-onasi bilan ko‘rishishni xohlayotganini bildirgan.

“Judayam pushaymonman. Men faqat shu ota-onam bilan ko‘rishib rozilik olsam bo‘ldi”, – deydi gumonlanuvchi.

Реклама на Unews

Quyida boshqarma tomonidan tayyorlangan videolavhani havola etamiz.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring