Toshkentga kirish-chiqish yopilyaptimi? Rasmiy ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 12.09.2022 24:00 dan boshlab Toshkent shahri va qo`shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqida YPH hodimlari viloyatlarga qatnovchi haydovchilarga xabar berayotgani aytilmoqda. "Abu-Saxiy yonidagi haydovchilarni shunday ogohlantirishibdi", - deyiladi tarqalayotgan xabarlarda.

Mazkur xabarlarga IIV matbuot kotibi oydinlik kiritdi. 

 

"Ijtimoiy tarmoqlarda 12 sentyabr kuni 24:00 dan boshlab Toshkent shahri va qo`shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini bildiramiz.

Реклама на Unews

Videotasvirlarda ShHT sammiti doirasida Samarqand shahrini aylanib o`tish yo`llarini tushuntirish ishlari aks etgan.

ShHT sammitiga doir barcha o`zgarishlarni davlat idoralarining rasmiy manbalaridan olishingizni so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring