Toshkentdagi yana bir maktabda an’anaviy ta’lim to‘xtatildi

Toshkent shahridagi yana bir maktabda an’anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Joriy yilning 17 sentyabrdan boshlab Shayxontohur tumanidagi 59-sonli maktabda an’anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi.

2020 yil 18 sentyabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta’lim muassasasidan quyidagi 136 tasi an’anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Реклама на Unews

1. Bektemir tumanidagi 289-sonli maktab.

2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.

3. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 49, 50, 64, 121, 208, 209, 210, 221, 223, 241-sonli maktablar hamda FFIDUM.

Реклама на Unews

4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.

5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.

6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.

7. Chilonzor tumanidagi 66, 90, 168, 184, 195a, 200, 202, 217, 280-sonli maktablar.

8. Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.

9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 58, 63, 70, 80, 96, 98, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.

10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.

11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.  

“Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondashishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi ma’lumotda.

Avvalroq, Shayxontohur tumanidagi 40- va 262-sonli maktablar ham masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring