Toshkentdagi maktabda rus tilidagi dars o`zbek tilida o`tilganiga izoh berildi

Toshkent shahar Xalq ta`limi bosh boshqarmasi poytaxtdagi maktablarning birida rus tili dars o`zbek tilida o`tilayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabida rus tilida darslar o`tiladigan sinflarda o`zbek tilida saboq berilayotgani to`g`risida xabarlar tarqaldi.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi o`rganish olib borilgan. Unga ko`ra, mazkur ta`lim muassasasida tasviriy san`at fanidan 4 soat, informatika fanidan 21 soat rus tilida dars o`tiladigan sinflarda vakant soatlari mavjudligi aniqlangan. Natijada maktab ma`muriyati o`quvchilarning dars soatlarini qoldirmaslik uchun vakant soatlarga to`liq rus tilida so`zlasha olmaydigan o`qituvchilarni jalb etishga majbur bo`lgan.

Реклама на Unews

 

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida maktab ma`muriyati tomonidan O`zbekiston Milliy universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga xat bilan murojaat qilingan. Tez orada mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun zarur choralar ko`rilmoqda.

Ma`lumot uchun, ayni paytda 142-maktabda jami 53 ta sinf mavjud bo`lib, shulardan 37 tasida rus, 16 tasida o`zbek tilida ta`lim yo`lga qo`yilgan. Yangi o`quv yili oldidan 17 nafar yosh o`qituvchi ishga qabul qilingan. Jami o`qituvchilar soni 75 nafarni tashkil etadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring