Toshkentda yo‘l bo‘yida ishlayotgan ishchi mast haydovchi qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 30-avgust kuni soat 00:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan «Yalpiz» kafesi qarshisida fojiali YTH sodir bo‘ldi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi 1989-yilda tug‘ilgan D.T. «Neksiya-3» rusumli avtomobil yoritish chiroqlarini o‘chirib, tezligini me’yoridan oshirib, mast holda boshqarib ketayotib, ko‘prikka tushish joyida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli to‘siq bilan to‘silgan temir panjarani urib o‘tib, harakati davomida piyoda, «Ko‘prik ta’mirlash» boshqarmasi ishchisini urib yuborgan.

Реклама на Unews

Natijada piyoda, 1994-yilda tug‘ilgan A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Реклама на Unews

Mazkur YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring