Toshkentda yirik konferensiya: shahar osmonida vertolyot qo‘riqchilik qilmoqda

Bugun, 15 iyul kuni Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlanadi. Anjumanda 400 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi belgilangan.

Shu munosabat bilan xalqaro konferensiya o‘tkaziladigan “Tashkent City” majmuasi atrofidagi hudud harakatlanish uchun yopildi, ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, anjuman o‘tkaziladigan hududga yaqin boshqa ko‘chalar ham, xususan, Nukus ko‘chasi vaqtinchalik yopiladi. Xavfsizlik choralari sifatida 15 iyul erta tongdan xalqaro konferensiya o‘tkaziladigan “Tashkent City” vertolyot orqali nazorat qilinmoqda. Ammo vertolyotlar patruli yo‘lga qo‘yilgani bo‘yicha hozircha birorta tashkilot rasmiy ma’lumot bermadi.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya 15–16 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring