Toshkentda yana bir ko‘cha 17 kunga qisman yopildi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi joriy yilning 5 iyuligacha yopildi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari dasturi doirasida 19 iyundan 5 iyulga qadar  Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘lidan o‘tgan magistral issiqlik quvurini kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi”, deyilgan korxona xabarida.

Shu munosabat bilan Do‘rmon yo‘li ko‘chasining Ziyolilar va Mirzo Ulugbek ko‘chalari kesishmasi oralig‘idagi yo‘lning bir tomonlama qatnov qismi avtomobillar harakati  uchun vaqtincha yopiladi.

Реклама на Unews

“Haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘rab qolamiz”, deyiogan xabarda.

Avvalroq, Yashnobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi 14 kun muddatga yopilgani haqida xabar bergan edik.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring