Toshkentda yana bir bemor koronavirus infeksiyasi bilan vafot etdi

Poytaxtimizning Uch tepa tumanida yashovchi X.da shu yilning 28 mayida “Covid-19” infeksiyasi  tasdiqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edideb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Bundan avval 76 yoshli (erkak) ushbu bemor uzoq yillar davomida gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.
31 may kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. 

Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Реклама на Unews

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Ayni paytda marhumning turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabiralarida ham “Covid-19” infeksiyasi  tasdiqlangan. Ularga shifokorlarimiz tomonidan davo muolajalari ko‘rsatilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring