Toshkentda yana aholi orasida virus yuqtirish holatlari aniqlandi. 12 bemor og‘ir ahvolda

2020-yil 18-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5697 (+15) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4131 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimizda 1547 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring