Toshkentda xalqaro kinofestival o`tkazilishi munosabati bilan 28 sentyabr kuni ayrim ko`chalar ma`lum muddatga yopiladi

Тoshkentda "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali o`tkazilishi munosabati bilan 28 sentyabr kuni soat 17.30dan 22.00 gacha bir necha ko`chalarda harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Shayxontohur tumani A.Navoiy - Abay ko`chalari kesishgan chorrahasidan A.Navoiy - Labzak ko`chalari kesishgan chorrahasigacha bo`lgan oraliqda  harakat cheklanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring