Toshkentda vaksina olmagan mingdan ortiq xodim vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 200 nafari jarimaga tortildi

Toshkentda vaksina olmagan 1 ming 44 nafar xodim vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 200 nafariga jarimalar qo`llanildi, 1 ta ob`ektning ish faoliyati vaqtinchalik to`xtatildi. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahrida koronavirusga chalinish holati keskin ortib, bemorlar soni 5 ming 600 nafarga etdi. Bugungi kunda bemorlarning 3 ming 297 nafari stasionar, 2 ming 216 nafari ambulator sharoitda davolanmoqda.

Stasionarda sharoitda davolanayotganlarning 2 ming 935 nafarining ahvoli qoniqarli, 229 nafari og`ir, 133 nafari o`ta og`ir ahvolda.

Реклама на Unews

Epidemiologik vaziyat barqarorligini ta`minlash va axborotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi va tumanlarda hududiy shtablar tashkil etildi. Uyda davolanayotgan bemorlar va karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat va axborot berish uchun onlayn poliklinika faoliyati yo`lga qo`yildi. Tumanlarda 157 ta mobil guruhlar faoliyati qayta tiklandi.

13 yanvardan tumanlarda tun-u kun faoliyat ko`rsatadigan 12 ta ixtisoslashtirilgan maxsus kovid poliklinikalari ish boshladi.

17 yanvar kuni ishchi guruhlar tomonidan 305 ta tadbirkorlik sub`ekti va 203 ta byudjet tashkilotida tekshiruvlar o`tkazildi. Natijada tadbirkorlik sub`ektlarining 359 nafar, byudjet tashkilotlarining 885 nafar xodimi vaksina olmagani aniqlandi.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, Milliy gvardiya tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 65 ta bozor, 31 ta istirohat bog`i va xiyobonlar, 46 ta ommaviy tadbirlar o`tkaziladigan ob`ektlar, 22 ta stadion va sport majmualari, 6 ta yirik savdo markazi va 131 ta jome` masjidida fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan targ`ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Mazkur chora-tadbirlar poytaxtimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan bo`lib, barcha fuqarolardan karantin talablari va sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilish so`raladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring