Toshkentda ulkan salyut otildi (video)

Toshkent shahridagi Milliy bog‘ hududida yangi Magic City ko‘ngilochar bog‘i ochilishi munosabati bilan salyut otildi.

Toshkentdagi Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari Magic City ko‘ngilochar bog‘ining ilk mehmonlari bo‘lishdi.

Реклама на Unews

Toshkent shahar hokimi tantanali marosimda ishtirok etib, barchani poytaxtimizdagi yangi madaniyat maskani bilan tabrikladi va bog‘ni tashrifchilar uchun ochiq deb e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Milliy bog‘ hududida barpo etilayotgan Magic City madaniyat va istirohat bog‘ining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida prezidentga ma’lumot berilgandi.

Реклама на Unews

Loyiha konsepsiyasiga muvofiq bog‘ hududida sun’iy ko‘l tashkil etiladi va uning atrofida mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga bag‘ishlangan tematik shaharcha quriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring