Toshkentda uchta jahon chempionati o‘tkaziladi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkentda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida poytaxtda quriladigan sport inshootlari va o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar haqida gapirib o‘tdi.

— Sport musobaqalari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlarini o‘zimizda o‘tkazish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni davom ettirib, Toshkent shahrida 2024 yilgacha «Olimpiya shaharchasi» quriladi.

Kelgusi yilda Shayxontohurda 2,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi ishga tushiriladi. Yangihayot tumanida yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish maqsadida jami quvvati 2,5 ming o‘rinli, universal sport kompleksi barpo etiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, yangi tariximizda ilk bor shu yil dekabr oyida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.

2022 yilda dzyudo, 2023 yilda boks bo‘yicha jahon chempionatlari, 2025 yilda Yoshlar Osiyo o‘yinlari ham aynan Toshkentda o‘tishi kutilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring