Toshkentda Toyota YPX xodimlarini bosib ketishiga oz qoldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda harakatlanib ketayotgan avtomobil, boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgani va YPH xodimlarini bosib ketishiga bir bahya qolgani aks etgan video tarqaldi. YHXBB holat yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.  

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 yanvar kuni soat 21:35 larda Toshkent shahar, Bektemir tumani, “Sharq” YPX maskani oldida yuz bergan.

Реклама на Unews

Haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan S.A. Toyota Land Cruiser rusumli avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, o‘zidan oldinda bo‘lgan haydovchi, 1967 yilda tug‘ilgan B.R. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobilga hamda yo‘l qatnov qismini ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

To‘qnashuv natijasida, Lacetti rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi 1995 yilda tug‘ilgan G.A.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 133-moddasi tartibida mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudiga yuborilgan.

Реклама на Unews

Sud tomonidan fuqaro S.A.ga nisbatan BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring